Maqsad va yoʻnalishlar

«Qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari va mifologiyasi (anʼanaviy)» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani Termiz davlat universiteti tomonidan 2026-yil 25–26-sentabr kunlari Termiz, Oʻzbekistonda oʻtkazildi.

Anjumanning maqsadi — Markaziy Osiyo va Qadimgi Turon xalqlarining diniy tasavvurlari, mifologik qarashlari va marosimiy anʼanalari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarni bir maydonga toʻplash, arxeologiya, tarix, etnologiya, manbashunoslik va sanʼatshunoslik yoʻnalishlaridagi natijalarni qiyosiy muhokamaga qoʻyish.

Yoʻnalishlar (shoʻbalar)

  • Markaziy Osiyo qadimgi aholisining ilk mifologik qarashlari
  • Miflarning diniy eʼtiqodlar va ibodat marosimlarida aks etishi
  • Arxeologik manbalar va sanʼatda diniy-mifologik tasvirlar
  • Markaziy Osiyo qadimgi mifologiyasiga oid qiyosiy tadqiqotlar

Nashr shakli

Ushbu sayt anjumanning bir martalik materiallar toʻplamini chop etadi. Bu davriy nashr emas: ISSN olinmagan va olinishi rejalashtirilmagan. Har bir maqola alohida DOI oladi va ochiq kirishda joylashtiriladi.