Indekslash va topiluvchanlik

Bu sahifada faqat haqiqatda amalga oshirilgan ishlar koʻrsatilgan. Rejadagi narsa erishilgan deb koʻrsatilmaydi.

Amalga oshirilgan

  • DOI — har bir maqolaga alohida raqamli identifikator;
  • Zenodo (CERN) — har bir maqola alohida yozuv sifatida;
  • OpenAIRE — Zenodo orqali avtomatik yigʻiladi;
  • OAI-PMH — saytning metama'lumot uzatish interfeysi ochiq.

Kutilmoqda

Google Scholar, BASE va CORE ochiq bazalari saytni oʻzlari kraul qiladi; yangi domen uchun bu odatda bir necha hafta yoki oy davom etadi. Ular roʻyxatga olinmagunicha bu sahifada koʻrsatilmaydi.

Qoʻllanilmaydi

Scopus, Web of Science va DOAJ davriy nashrlar bilan ishlaydi; bir martalik anjuman toʻplami ularning qamroviga kirmaydi.