Tuzatishlar va chaqirib olish

Nashr etilgan matn oʻzgartirilmaydi. Xato aniqlansa, u yashirilmaydi, balki quyidagicha hujjatlashtiriladi.

Tuzatish

Ilmiy xulosaga taʼsir qilmaydigan xato (imlo, havola, muallif ismi, ish joyi) uchun tuzatilgan versiya eʼlon qilinadi. Zenododa yangi versiya yaratiladi; eski DOI ishlashda qoladi va yangisiga ishora qiladi.

Chaqirib olish

Oʻzlashtirish, maʼlumotlarning toʻqib chiqarilishi yoki takroriy nashr aniqlansa, maqola chaqirib olinadi. Sahifa oʻchirilmaydi: unga chaqirib olish sababi va sanasi qoʻshiladi, chunki maqolaga allaqachon havola qilingan boʻlishi mumkin.

Murojaat: info@tersu.uz