Saralash va nashrga tavsiya

Ushbu sahifa toʻplam qanday shakllanganini boricha bayon etadi.

Amaldagi tartib

  1. Kelib tushgan matnlar anjuman tashkiliy qoʻmitasi tomonidan mavzuga muvofiqligi va ilmiy saviyasi boʻyicha koʻrib chiqildi va shoʻbalarga taqsimlandi.
  2. Masʼul muharrirlar toʻplam tarkibini tasdiqladi.
  3. Toʻplam Termiz davlat universiteti ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etildi.

Nima qoʻllanilmagan

Bu jarayon ikki tomonlama anonim (double-blind) taqriz emas va biz uni shunday deb atamaymiz. Tashqi mustaqil taqrizchilar jalb qilinmagan. Anjuman materiallari toʻplamlari uchun bu xalqaro amaliyotda odatiy holdir, ammo uni jurnal taqrizi bilan tenglashtirib boʻlmaydi.