Arxivlash va saqlash
Qayerda saqlanadi
- Zenodo (CERN) — har bir maqola alohida yozuv va alohida DOI bilan. Zenodo Yevropa yadro tadqiqotlari tashkiloti infratuzilmasida joylashgan uzoq muddatli ombor.
- Ushbu sayt — toʻliq matnlar PDF shaklida.
- Zaxira nusxalar — sayt maʼlumotlar bazasi va fayllari kunlik tartibda alohida serverga koʻchiriladi.
Nima qoʻllanilmaydi
PKP Preservation Network va shunga oʻxshash tizimlar ISSN talab qiladi; anjuman toʻplamida ISSN yoʻq, shuning uchun ular ishlatilmaydi. Uzoq muddatli saqlashning asosiy kafolati — Zenodo nusxasi.