Antik davr Xorazm badiiy hunarmandchilik buyumlarida mifologik ramzlar: kosmogonik qarashlar va sakral tasvirlar
Annotatsiya
Maqolada antik Xorazm badiiy hunarmandchiligik buyumlarida namoyon boʻlgan mifologik ramzlar va ularning qadimgi aholi kosmogonik hamda diniy dunyoqarashidagi oʻrni arxeologik va ikonografik manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy manbasini Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Qalʼaliqir, Aqshaxon qalʼa va boshqa yodgorliklardan topilgan sopol idishlar, terrakotalar, devoriy rasmlar, metall buyumlar va ostodonlardagi tasvirlar tashkil etadi. Ularda uchraydigan «hayot daraxti», quyosh va yulduz belgilari, nurlar, daraxt-hayvon kompozitsiyalari, qushlar, bugʻu, sher, buqa-odam va boshqa fantastik obrazlarning ramziy mazmuni oʻrganiladi. Tasviriy kompozitsiyalarda osmon, yer va yerosti dunyolari oʻrtasidagi mifologik aloqalar, hayot va oʻlim, tabiatning yangilanishi, hosildorlik, himoya va ilohiy homiylik gʻoyalarining ifodalanishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Tadqiqotda badiiy buyumlardagi ayrim ramzlarni keyingi davr diniy matnlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri identifikatsiya qilishdan saqlanish, ularni arxeologik kontekst, xronologiya va ikonografik xususiyatlar asosida kompleks talqin qilish zarurligi taʼkidlanadi. Natijada antik Xorazm badiiy hunarmandchiligida mifologik ramzlar muayyan tasviriy tizimni tashkil etgani hamda ular qadimgi jamiyatning koinot, tabiat va muqaddas olam haqidagi tasavvurlarini vizual ifodalagani asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
Foydalanilgan adabiyotlar
Вайнберг Б.И. Реконструкция верований древних хорезмийцев по археологическим материалам // Калалы-Гыр 2. Культовый центр в древнем Хорезме IV-II вв. до н.э. – М.: ИВЛ, 2004. – С.213 – 236.
Воробьева М.Г. Изображение львов на ручках сосудов из Хорезма// Краткие сообщения Института этнографии. Вып. ХХХ. – М.: 1958. Издательство АН СССР, 1958. - С. 40–53.
Воробьева М.Г. Терракоты, рельефы и алебастровые статуэтки // Кой-крылган кала – памятник культуры древнего Хорезма. // Тр. ХАЭЭ. – М., 1967. Т. V. – С. 173-219.
Мамбетуллаев М. Хоразмнинг сопол ҳайкалчалари // Санъат. -Тошкент, 2000. 3-сон. – Б. 4 -6.
Топрак-кала. Дворец // Труды ХАЭЭ. Том. XIV. – М.: Наука, 1984. – 304 с.
Турганов Б., Турдиев Б. Қадимги ва ўрта аср Хоразм бадиий ҳунармандчилик буюмларида қушлар тасвирининг акс эттирилиши//Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализации // XXXV Международной научно-практической интернет конференции. Переяслав –Хмельницкий-2018. Выпуск.42.-С.146-149.
Downloads
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Litsenziya
Copyright (c) 2026 Mualliflar

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.